Asl Belgisi mobil ilovasidan foydalanib, dori preparatidagi raqamli Data Matrix kodini skanerlash orqali dori vositasi haqida barcha kerakli maʼlumotlarni olishingiz mumkin. Bunday kodda mahsulot tavsifi, qadoq saqlanishi kerak boʼlgan ishlab chiqaruvchi va chakana savdo nuqtasi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar va dori vositalari uchun ruxsat beruvchi hujjatlar haqida maʼlumotlar mavjud.
Ilova Oʼzbekiston hududida rasmiy muomalada boʼlgan dori vositalarini oʼqiy oladi. Аgar ilova kodni oʼqisa, bu dori vositasi qonuniy ravishda ishlab chiqarilgan yoki Oʼzbekiston hududiga qonuniy olib kirilganligini bildiradi.
Аgar oʼqimasa, unda sotib olishdan bosh tortgan maʼqul. Yaxshisi, qonunbuzarlik haqida xabar bering. Buni bevosita Asl Belgisi ilovasidan amalga oshirish mumkin. Maʼlumotlar tegishli organlarga yetkaziladi.
Qalbaki dori vositalari muammosi bugungi kunda butun dunyoda dolzarbdir. Oʼzbekistonda “Asl Belgisi” raqamli markirovka tizimi joriy qilingan. Bu soxtalashtirishning keng koʼlamli muammosiga qarshi kurashda muhim vositadir.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 apreldagi 149-sonli «Dori vositalari va tibbiy buyumlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʼgʼrisida»gi qaroriga muvofiq 2022 yil 1-sentabrdan boshlab Oʼzbekistonda dori vositalarini majburiy raqamli markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Uning asosiy vazifalaridan biri bozorni raqamlashtirish, kontrafakt va kontrabandaga qarshi kurashishdir.
Bugungi kunda Oʼzbekistonda uch guruh dori vositalari markirovkalanmoqda.
Birinchi guruh — ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda chiqarilgan dori vositalari (Orfan dori vositalaridan tashqari) – 2022 yil 1 sentyabrdan;
Ikkinchi guruh – birlamchi (ichki) oʼramda (ikkilamchi (tashqi) oʼram boʼlmaganda) va dorivor angromahsulotda (orfan dori vositalaridan tashqari) chiqarilgan dori vositalari – 2022 yil 1 noyabrdan;
Uchinchi guruh – orfan dori vositalari (kam uchraydigan yoki orfan kasalliklarni davolashda foydalaniladigan) va Oʼzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan roʼyxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasida Oʼzbekistonda roʼyxatga olingan dori vositalari – 2023 yil 1 martdan;
Toʼrtinchi guruh – belgilangan tartibda tasdiqlangan roʼyxatga kiritilgan tibbiyot buyumlari – 2025 yil 1 fevraldan.
Asl Belgisi mobil ilovasidan foydalanib, doridagi raqamli Data Matrix kodini skanerlash orqali dori preparati haqida barcha kerakli maʼlumotlarni olishingiz mumkin.
Mobil ilova interfeysi rus va oʼzbek tillarida mavjud.
Ilovani Google Play va App Storeʼdan yuklab olish mumkin.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi
markazi matbuot xizmati